<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Sobir Umurov</author>
<title>Iso Masihga kel</title>
<lyrics>[V1]
 Dunyo ostin ustun
 Dunyo bagʻri xun
 Odamlar tinchini
 Yoʻqotgan bugun
 Xotirjam yashashni
 Istasang bir kun
 Iso Masihga kel
 Masihda tinch boʻl!

[V2]
 Xudo sen bilandir
 Sen bilan Iso
 Kalomin xar soʻzi
 Zulmatda ziyo
 Marxamat baraka
 Boqmasa qiyo
 Iso Masihga kel
 U yagona yoʻl!

[V3]
 Xudoni Oʻgʻli U
 Najotkorimiz
 Ikki dunyo aro
 Madadkorimiz
 Gunoh qarshisida
 Boʻlsang gar ojiz
 Iso Masihga kel
 Kuch qudratga toʻl!

[V4]
 Uning INOYATin
 Chegarasi yoʻq
 Ota Sevgisidan
 Yasha koʻngling toʻq
 Bagʻringni teshsa gar
 Shayton otgan oʻq
 Iso Masihga kel
 Panohida boʻl!

[V5]
 Rabbim degin Uni
 Degin Najotim
 Senga baxshidadir
 Butun xayotim
 Xech xam tinmaydigan
 Mening Bayotim
 Iso Masihga kel
 Ruhi ila toʻl!

[V6]
 Shunda sano aytib
 Yasharsan xar kun
 Shunda shukur aytib
 Oʻtkazasan kun.
 Xech kim boʻlmas ekan
 Dunyoga ustun
 Iso Masihga kel
 Unda ozod boʻl!</lyrics>
</song>